“OpenAI” kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun “oq xakerlar”ni qidirmoqda
Mashhur “ChatGPT” va “Dall-e”ni yaratgan “OpenAI” 1 million AQSH dollarlik grant dasturini ishga tushirdi. Kompaniya sunʼiy intellektga asoslangan kiberxavfsizlik samaradorligini oshirish uchun butun dunyodan mutaxassislarni jalb qiladi.
Loyiha kiberjinoyatchilar uchun tuzoqlarni ishlab chiqishdan tortib, ishlab chiquvchilarga xavfsiz dasturiy taʼminotni yaratish va xavfsizlikni yangilashni boshqarish jarayonlarini soddalashtirishga qadar turli xil gʻoyalarni taklif qiladi.
Dasturning uchta asosiy maqsadi bor:
— himoyachilarga ilgʻor sunʼiy intellekt imkoniyatlarini taqdim etish orqali “mustahkamlash”;
— sunʼiy intellekt modellarining kiberxavfsizlik imkoniyatlarini miqdoriy baholash usullarini ishlab chiqish orqali “imkoniyatlarni oʻlchash”dan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring