Onlayn. Eng muhimi davlat rahbarining siyosiy irodasi bor — Sodiq Safoyev soʻz hamda matbuot erkinligi haqida

11:39 03 Dekabr 2020 Jamiyat
1200 0

Ayni vaqtda Xalqaro press-klub “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida soʻz hamda matbuot erkinligi va Oʻzbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazilmoqda.

Tadbir Konstitutsiya kuni arafasida oʻtkazilmoqda.

Davra suhbati avvalida Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev soʻz oldi.

“Agar oʻz vaqtida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday islohotlar boshlanmaganida, agar jamiyatimizga soʻz, matbuot erkinligi joriy etilmaganida pandemiya sharoitda bizning ahvolimiz ancha murakkab boʻlardi. Biz OAV xodimlari va blogerlarga aholining manfaatlarini, pandemiya vaqtida boʻlgan muammolarni keskin ravishda koʻtargani uchun, uni dadil hokimiyat oldiga qoʻyganlari uchun gʻam markazda ham joylarda cheksiz minnatdor boʻlishimiz kerak. Shu soʻzni aytishni men burchim deb bilaman. Bizdagi jarayonlar ortga qaytmas tus olmoqda, birinchi navbatda shuni biz tushunishimiz kerakki, hukumat, parlament, fuqarolik jamiyati, soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash, OAV huquq va imtiyozlarini kafolatlash oʻzining asosiy burchi deb bilishi kerak. Hammamiz buni yaxshi anglamogʻimiz kerak. Buning uchun eng muhimi davlat rahbarining siyosiy irodasi bor” , deydi Sodiq Safoyev.

Inobat AHATOVA

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер