Onasi xorijda vafot etgan qiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Xorazmlik ayol voyaga yetmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasiga boradi. Ona qishloq xoʻjaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.
Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan Oʻzbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.
Ushbu masalada qarindoshlarining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014-yilda tugʻilgan farzandi G.B togʻasi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring