Ona tili haqida eng yaxshi insho yozgan oʻquvchi tuman hokimligining sovgʻasi - noutbuk bilan taqdirlandi

10:48 22 Oktyabr 2019 Madaniyat
4894 0

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan Chortoq tumanidagi kasb-hunar kollejlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovi oʻtkazildi. Eʼtiborli jihati, gʻoliblarni taqirlashni tuman hokimligi zimmasiga oldi. Tumandagi 48-umumtaʼlim maktabiga yigʻilgan iqtidorli yoshlar “Tariximsan, taqdirimsan va kelajagimsan, ona tilim!” mavzuida oʻz mulohazalarini bayon etdilar.

Yakunda 53-davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabining 10-sinfida tahsil olayotgan Durdona Kamoliddinovaning ijodiy ishi birinchi oʻringa loyiq topildi. Unga hokimlikning bosh sovrini – noutbuk tantanali ravishda topshirildi. Tanlovning boshqa gʻoliblari ham esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер