“Omikron” xavfi — Londonda favqulodda holat eʼlon qilindi
Foto: AP
Buyuk Britaniya poytaxti London shahri meri Sodiq Xon shaharda favqulodda holat eʼlon qildi. Bunga yaqin kelajakda shahar kasalxonalarini “COVID-19” bemorlari bilan toʻlib ketish xavfi yuzaga kelgani sabab boʻlgan. Qayd etilishicha, hozirda shaharda koronavirusning yangi shtammi «Omikron» bilan zararlanish holatlari koʻpayib bormoqda.
“Mutaxassislar bilan maslahatlashganimdan soʻng, men bugun shaharda favqulodda holat eʼlon qilishga qaror qildim”, dedi Xon.
Uning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya poytaxtida soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni koʻpaygan.
Shu fonda Londondagi parlament maydonida koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Namoyishchilar emlash pasportlarini va jamoat joylarida majburiy niqob taqishni bekor qilishni talab qilmoqda.
Buyuk Britaniya bosh sanitar shifokori, professor Kris Uitti «Omikron» shtammi tez tarqalish choʻqqisiga chiqishini, keyin tez pasayishini aytgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring