“Omikron” chekinmoqda: Shanxayda 12 million odam oʻz uyidan chiqishga ruxsat oldi
Foto: Reuters
Xitoyning Shanxay shahrida koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan karantin cheklovlari qisman bekor qilindi.
Shu tariqa shaharning 25 million aholisining yarmi nihoyat uyidan chiqish imkoniyatiga ega boʻldi.
Agar yaqin vaqtgacha hayotiy ahamiyatga ega boʻlmagan korxonalar faoliyati taqiqlangan boʻlsa, endi ular yana ishlashiga ruxsat berilmoqda. Dehqonlar uchun ham hayot normal holatga qaytdi. Ular avvalgidek oshxonalarga yangi oziq-ovqat yetkazib berishda davom etadilar. Doʻkonlar va supermarketlar qayta ochildi. Shunday qilib, kuryerlar qisqa tanaffus qilishlari mumkin.
“Biz kuniga 15 soatgacha ishladik”, deydi yetkazib berish xizmati xodimi Guo Fusyan.
Ammo shaharda oziq-ovqat yetkazib berishda hali ham katta muammolar mavjud. Hukumat hatto aholiga asosiy oziq-ovqat va gigiyena vositalarini oʻz ichiga olgan maxsus toʻplamlarni berishga qaror qildi.
Rasmiylar esa hamma ehtiyot choralarini koʻrishi kerakligini — niqob taqish va ijtimoiy masofa bekor qilinmaganini eslatmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring