Ombudsmanning xalqaro maqomini “A”ga koʻtarish masalalari muhokama qilindi

18:12 30 Yanvar 2024 Jamiyat
298 0

2024-yilning 30-yanvar kuni Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) BMT TDning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Istanbul mintaqaviy markazi qonun ustuvorligi, inson huquqlari va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakillari bilan onlayn shaklda uchrashdi.

BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi taklifi bilan tashkil etilgan onlayn muloqotda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda Ombudsmanning oʻrni va ahamiyati, konstitutsiyaviy maqomi, aholi murojaatlari bilan ishlash, qiynoqlarni oldini olish va bu borada fuqarolik jamiyati instituti vakillari, jamoatchilik bilan hamkorligi haqida soʻz bordi.

Virtual muloqotda Milliy inson huquqlari institutlarining global alyansi tomonidan Ombudsman statusining qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan amalga oshirilishi kerak boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер