Ombudsmanga xizmat haqini undirish boʻyicha jamoaviy murojaat kelib tushdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan xizmat haqini undirish boʻyicha jamoaviy murojaat kelib tushdi.
Murojaatda koʻrsatilishicha, 7 nafar fuqaro “Kapital ulgurji savdo” MCHJ bilan kelishib, Termiz shahridagi 2 km yoʻlni asfalt qilib, yoʻlaklarni boʻyab berishgan. Lekin, barcha ishlar bitgach, MCHJ rahbari oldindan kelishilgan 30 mln soʻm xizmat xaqini bermagan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda koʻrib chiqildi. Natijada “Kapital ulgurji savdo” MCHJdan 7 nafar fuqaroga barcha kelishilgan summa undirib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring