Oltinkoʻlda pilla terish boshlandi
Oltinkoʻl tumanida pilla qabul qilish boshlandi. Birinchilardan boʻlib hosil yetishtirgan “Istiqlol” fermer xoʻjaligi kasanachisi Shohistaxon Rejapova 1 quti ipak qurti parvarishlab, 55 kilo oʻrniga 65 kilo pilla topshirdi.
— Bu yilgi mavsum davomida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qildik,-deydi “Porloq vodiy sohibkori” fermer xoʻjaligi ishchisi Otabek Shomurodov. — Mutaxassislarning nazorati va koʻrsatmalari bilan ulkan xirmon yaratmoqdamiz.
Bu yil tuman pillakorlari 3 ming 80 quti qurt urugʻi parvarishladilar. Mavsum boshidaboquvchilarga 250 ming soʻmdan boʻnak puli taqsimlangan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring