Oltinkoʻlda maktab bitiruvchilariga 20 ming bosh joʻja tarqatiladi
Respublikamizda hukm surayotgan karantin davrida aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kunning eng dolzarb masalasidir. Ayniqsa, umumtaʼlim maktab bitiruvchilariga moddiy koʻmak koʻrsatish, ularning tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy yordam berish xayrlidir. Tumandagi “Robiya nurli istiqboli” fermer xoʻjaligida 20 ming dona “Broyler” joʻjalari maktab bitiruvchilariga tarqatilish uchun hozirlab qoʻyildi.

Joʻjalar 10 kundan soʻng kam taʼminlangan, ehtiyojmand hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland maktab bitiruvchilariga tarqatiladi. Bu vaqt mobaynida ular parvarishlanib, kasalliklarga qarshi emlanadi.
Saminjon HUSANOV,
«Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring