Oltinkoʻlda chiroq oʻchmaydigan boʻldi

12:04 01 Dekabr 2021 Jamiyat
825 0

Foto: "Xalq so'zi"

Tan olish kerak, kuz-qish mavsumi keldi, deguncha, ayniqsa, qishloq joylarda elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar yuzaga keladi. Buning bir necha sabablari boʻlib, Andijon viloyatida muammoning ijobiy yechimini taʼminlashga kirishildi. Jumladan, Oltinkoʻl tumanidagi 14 ta mahallaga 20 dona transformator punktlari olib kelindi.

– Davlatimiz rahbari shu yilning 17-18-iyun kunlari viloyatimizga tashrifi davomida hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻz koʻrsatmasini bergan edi,– deydi Oltinkoʻl tumani hokimi Iqboljon Matroʻziyev. – Jumladan, aholini eng koʻp qiynab kelayotgan tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi taʼminotida tub oʻzgarishlar qilish kerakligini uqtirilgan edi. Elektr sohasida tashlangan ilk qadam ana shu koʻrsatmalar ijrosi boʻldi.

Hozirda transformatorlarni mahalla hududlariga oʻrnatish va ularga isteʼmolchilarni ulash ishlari olib borilmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер