Oltin va kumush esdalik tangalarining narxi pasaydi

13:21 10 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1119 0

Oʻzbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 10-iyundan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.

Unga koʻra:

1 ta oltin tanga narxi — 17 800 000 soʻmga tushgan, oʻtgan haftagi narx 18 100 000 soʻm edi.

1 ta kumush tanga narxi esa — 357 000 soʻm boʻldi. Oʻtgan haftadagi narx 370 000 soʻmni tashkil etgan edi.

Maʼlumot uchun: esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер