Oltin koni oʻpirilishi natijasida 50 nafar ishchi halok boʻldi
Kongo Demokratik Respublikasining sharqida oltin koni oʻpirilib tushgan. Fojia uzoq davom etgan yomgʻirdan keyin sodir boʻlganligi aytilmoqda. Manbaning xabar berishicha, falokat natijasida 50 dan ortiq odam voqea joyida halok boʻlgan.
Qutqaruvchilar yetib kelgan boʻlsa-da, odamlar vayronalarni qoʻlda demontaj qilishga urinmoqda va qolgan qurbonlarning jasadlarini topishga harakat qilishyapti.
Mahalliy aholining aytishicha, konning koʻrinishi koʻproq yerdagi teshikka oʻxshaydi.
Ushbu shaxta noqonuniy boʻlib, ishchilar esa maxsus jihozlarga va kerakli bilimlarga ega boʻlmagan oddiy odamlar boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring