Oltin “iPhone 13”larning narxlari maʼlum qilindi
Foto: Caviar
“Caviar” zargarlik kompaniyasi “Total Gold” nomli oltin “iPhone”lar toʻplamini tayyorlaganini maʼlum qildi.
“Daily Mail”nashrining yozishicha, ushbu smartfonlarning narxi 48 ming dollargacha boʻladi.
Kompaniya 99 ta “iPhone 13 Pro” va “iPhone 13 Pro Max” modellarini savdoga chiqaradi. Ularda 18 karatgacha sof oltin ishlatilgan.
Tavsifda aytilishicha, mahsulotlar badiiy barokko uslubida ishlab chiqarilgan boʻlib, u egasining ustunligi va yuksak maqomini aks ettiradi.
Oddiy “iPhone Pro Max”ning narxi 1099 dollarni tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring