Oltiariqda qovun pishdi
Foto: «Xalq so‘zi»
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani mirishkorlari tomorqadan yaxshi daromad olish borasida katta hayotiy tajribaga ega.
Shu sababli oltiariqliklarning uzum, bodring, turp yetishtirish borasida yutuqlari ibratga loyiq. Bugun kunda tuman ahli qaysi mahsulotga qachon talab kuchayishiga qarab dehqonchilik yumushlarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishmoqda.
“Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi Tursunoy Alimqulova xonadonida uch sotixgina yeri bor. Ikki yil avval oila biroz qiynalganligini e’tiborga olib, mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyasi bilan ikki sotixli issiqxona qurib berilgandi. Tursunoy opa turmush o‘rtog‘i Ergashali aka va farzandlari bilan ozgina yerdan mo‘may daromad olish maqsadida xarakatni boshladi.
Oila a’zolari o‘zaro maslahatlashib, issiqxonaga qovun ekishdi. Qovun ko‘chatlari orasiga esa bulg‘or qalampiri ekildi. Issiqxonaning qolgan bir sotix joyiga bodring, pomidor, qalampir, karam, piyozdan ekilgan. Hovli burchagida 10-15 ta tovuq bilan ikkita buzoq boqilyapti. Ko‘cha va xovli ustida uzum-tok, ostida atirgullar. Ayni kunlarda ilk hosil – qovun hosilga kirdi.

- Tomorqa daromadi evaziga farzandlarimizga uylar qurish, yangi avtomashina sotib olishni maqsad qilganmiz,-deydi Tursunoy opa. – Shu bois, bir yilda tomorqadan kamida uch-to‘rt marotaba hosil olishga harakat qilyapmiz.
Botir MADIYOROV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring