Oltiariqda alleya va ekoparklar barpo etilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Umuman olganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Fargʻona viloyatining ushbu tumanida 325 ming tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar, buta koʻchatlari ekish rejalashtirilgan.

Ona zaminga mehr, tabiatga doʻstona munosabat, eng asosiysi, yer bilan tillashish va dillashish borasida Oltiariq tumanida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan bobomeros anʼanalar bor. Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari oʻzgacha uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgani boisi ham shunda.
— Ayni jarayonda tumandagi 72 ta MFYda 88 ming tup yangi daraxt koʻchatlari ekish maqsad qilingan,— deydi Oltiariq tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi Valisher Maʼdiyev. — Hozirda 15 ta MFYda ekoparklar, “Oq oltin” MFYda 2 gektar maydonda manzarali daraxtlardan alleya bunyod etish ishlarida mahallalarning kattayu kichigi faollik koʻrsatyapti.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring