Olot tumanida yuk mototsikllari yigʻilmoqda

16:17 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
357 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Buxoro viloyati Olot hamda Qorakoʻl tumanlari qishloq yoʻllarida yuk mototsikllarini koʻplab uchratish mumkin. Mazkur avtoulov fermerlar, tomorqachilar, qoʻyingki, aholining barcha qatlami tashvishlarini yengillashtirishda qulay transport vositasi boʻlmoqda.

Ana shunday yuk mototsikllariga ehtiyoj borligini nazarda tutgan holda Olot tumanida yosh tadbirkor Farhod Toʻramurodov tashabbusi bilan “Buxoro Gold Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Loyihani roʻyobga chiqarish uchun 15 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ sarflandi. Natijada dastlabki bosqichda 50 ta ish oʻrni yaratildi.Bu yerda yiliga uch mingta yuk mototsikli yigʻish imkoniyati bor. Bir tonna va undan ham koʻproq yuk tashishga moʻljallangan bu avtoulovlar yonilgʻini nisbatan kam sarflaydi, narxi ham choʻntakbop. Bu yerda butlovchi qismlar sexini ishga tushirish taraddudi ham koʻrilmoqda.

Eʼtiborlisi, “Buxoro Gold Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati tumandagi “Xalifa” mahallasi hududida mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab – quvvatlash chora – tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”ning qaldirgʻoch korxonasiga aylandi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер