Olmazor tumanidagi podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

14:56 24 Noyabr 2023 Jamiyat
135 0

Bugun, soat 11:40 da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali balansida boʻlgan, Olmazor tumanidagi “Sagʻbon” podstansiyasining transformatorida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Olmazor tumanining Qora-Qamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4, 3/2 mavzelari hamda Toshkent tumani Keles yoʻli koʻchasi isteʼmolchilari (9000 ta isteʼmolchi) qisman elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mutaxassislari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер