Olmaotadagi xostelda yuz bergan yongʻinda 13 kishi halok boʻldi. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor
Foto: Sputnik
Shu yilning 30 noyabr kuni Olmaotadagi xostelda sodir boʻlgan yongʻinda oqibatida 13 kishi halok boʻldi.
Qurbonlarning toʻqqiz nafari Qozogʻiston, ikki nafari Rossiya va yana ikki nafari Oʻzbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Shahar ichki ishlar boshqarmasi tergov boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Aybat Murzamadiyev oʻlim sabablarining dastlabki versiyasini tasdiqladi. Unga koʻra, fojia qurbonlarining barchasi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Qozogʻiston favqulodda vaziyatlar vaziri Sirim Sharipxonov brifingda halok boʻlgan ism-shariflari jasadlar yaqinlari tomonidan aniqlangach eʼlon qilinadi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, qurbon boʻlgan 13 nafar jasadning barchasining shaxsi aniqlangan, ularning qarindoshlari xabardor qilingan, biroq yongʻin qurbonlari roʻyxati qarindoshlar qoʻshimcha shaxsni aniqlash ishlarini oʻtkazgandan keyin ommaga eʼlon qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring