Olmaota shahrida oʻtgan “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” konferensiyasida Senat aʼzolari faol ishtirok etdi

15:47 17 Oktyabr 2023 Siyosat
496 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari ayollarining muloqoti doirasidagi “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” konferensiyasida Senat aʼzolari ishtirok etdi.

Yalpi sessiya tarzida oʻtgan tadbirlarda ishtirokchilar qurolli mojarolar va gumanitar ofatlarda xotin-qizlar xavfsizligini taʼminlash, gender zoʻravonlikdan himoyalash masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova ham oʻzining maʼruzasida toʻxtalar ekan, eng avvalo yurtimizda Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xotin-qizlarni turli tazyiqlardan himoyalash, ularning jamiyatda teng huquqli boʻlib yashashlari va faol boʻlishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotgani, qonun normalariga oʻzgartirishlar kiritilib, xalqaro standartlarga moslashtirilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Markaziy Osiyo davlatlari oʻz maqsadlariga erishish va oʻz majburiyatlarini amalga oshirishi kerakligi yuzasidan bir qator takliflar ham bildirildi.

Konferensiyada keng qamrovli muloqot va mintaqaviy hamkorlik mavjud qarama-qarshiliklarga uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish, BMT Nizomiga muvofiq koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, madaniy hamjamiyat va ezgulik ruhida mintaqada barqaror tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning eng yaxshi yoʻli ekanligi aytib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер