Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 9 oyda 772,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda kombinat axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 9 oyda kombinat tomonidan 23,5 trln soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 112,2%ga bajarildi. Shuningdek, 3,5 mlrd soʻmlik xalq isteʼmol mollari mollari tayyorlanib, reja 138,5%ga bajarilgan. Oʻsish surʼati 117,5%ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 9 oyda 772,5 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, rejaviy vazifa 125,4%ga bajarildi. Xususan, mis, rux, molibden mahsulotlari importyorlarga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring