Olis mahallalarda tibbiy koʻrik oʻtkazilmoqda

12:52 11 Aprel 2025 Jamiyat
435 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 2-aprelidan boshlab Sirdaryo viloyatidagi olis mahallalarda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazilmoqda.

Mazkur tibbiy xizmatlar Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan fuqarolarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻligʻini tiklash bilan bogʻliq murojaatlarini joyida oʻrganish va ularga yechim topish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tuzgan reja-jadval asosida tashkil etilayotir. Ularga respublika va viloyatning yetakchi shifokorlari jalb etilgan va barcha tibbiy koʻriklar bepul amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hamma xohlovchilar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtishi mumkinligi ham belgilab qoʻyilgan.

Shirin shahrining Nurobod mahallasida tashkil etilgan tibbiy koʻrik davomida 250 nafarga yaqin fuqaroning salomatligi tekshiruvdan oʻtkazildi. Oʻrganishlar natijasiga kasalligi aniqlangan fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi. Ulardan 65 nafari ambulator davolanishga yoʻnaltirildi, 15 nafari esa statsionar muolajaga muhtojligi bois tibbiyot muassasalariga yuborildi. 170 nafardan ortiq fuqaroga zarur dori-darmonlar bepul yetkazildi.

— Ushbu tibbiy koʻrik koʻplab mahalladoshlarimizga har jihatdan katta yordam boʻldi, — deydi mahalla faoli Mavluda Sobirova. — Shaharga yoki viloyat markaziga borib qancha vaqt-u mablagʻ sarflash kerak boʻlgan barcha tibbiy xizmatlar, shundoq ular yashayotgan mahallaning oʻzida, uylari yaqinida tekin tashkil etildi. Qolaversa, ushbu eʼtibordan qancha koʻngillar shod, obod boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер