Olimpiadada ilk marotaba Oʻzbekiston madhiyasi yangraganiga 28 yil toʻldi
Foto: Sputnik
1994-yil 24-fevral kuni Norvegiyaning Lillexammer shahrida oʻtgan XVII qishki Olimpiya oʻyinlarida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarixida ilk bor Olimpiya oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻlgan.
Bundan 28 yil muqaddam aynan shu kuni butun Oʻzbekiston boʻylab mazkur gʻalaba katta shodiyona bilan nishonlangan edi. Afsonaviy fristaylchimiz Lina Cheryazovaning ushbu oltin medali qishki Olimpiya oʻyinlarida yagonaligicha qolmoqda.
Maʼlumot uchun, birgina ushbu natija Lillexammer Olimpiadasida delegatsiyamizning Fransiya, Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Niderlandiya kabi qishki sport turlarida yetakchi hisoblanmish davlatlardan umumjamoa hisobida yuqori oʻrinda turishimizni taʼminlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring