Olimlar Sahroi Kabirni kelajakda yashil vodiyga aylanishini bashorat qilishmoqda
AQSHning Kaliforniya universiteti olimlari Sahroi Kabir kelajakda yana gullab-yashnaydigan vodiyga aylanishini bashorat qilishmoqda.
Olimlarning fikriga koʻra, uning paydo boʻlganidan beri bunday oʻzgarish bir necha bor kuzatilgan.
Taʼkidlanishicha, bir vaqtlar gullab-yashnagan dasht bir necha ming yilda bir marotaba takrorlanadigan sayyoralar tebranishlari tufayli choʻlga aylangan. Oʻshanda Yer 24,1 darajadan 23,5 darajaga siljigan. Va bunday oʻzgarish natijasida Shimoliy yarim shar qish mavsumida Quyoshga yaqinroq kelgan. Sahroi Kabir yashil maskan boʻlgan davrda esa bu yaqinlashish yoz oylarida kuzatilgan.
Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, avvallari Shimoliy yarim shar quyosh issiqligini 7 foizga koʻproq olgan, bu esa yogʻingarchilik miqdorini 17-50 foizga oshirgan.
Sahroi Kabirning bir necha bor yashil maskanga aylanganini olimlar okean choʻkindi jinslarini tahlil qilish natijasida aniqlashgan.
Qayd etilishicha, Shimoliy yarim shardagi navbatdagi oʻzgarish, tadqiqotchilarning taxminlariga koʻra, 10 ming yildan keyin sodir boʻladi va oʻsha paytda choʻl qumlari yana oʻt va butalar bilan qoplanadi.
Ammo olimlarning taʼkidicha, ushbu tabiiy jarayonga issiqxona gazlari taʼsiri xalaqit berishi mumkin ekan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring