Olimlar «Omikron» shtammining noodatiy alomatlarini aniqladilar
Illyustrativ foto
“ZOE COVID Study”ning britaniyalik olimlari oʻz dasturlari orqali olingan maʼlumotlardan foydalanib «Omikron» shtammining bir qator alomatlarini aniqladilar.
Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ushbu shtamm bilan zararlanganlar orasida koʻpincha quyidagi alomatlar kuzatiladi: burun oqishi, bosh ogʻrigʻi, charchoqning kuchayishi, tez-tez aksirish va tomoq ogʻrigʻi. Bundan tashqari, kamdan-kam uchraydigan bir alomat — ishtahani yoʻqolishi ham qayd etilgan.
“ZOE COVID Study”ning yetakchi tadqiqotchisi Tim Spektorning aytishicha, «Omikron» Buyuk Britaniyada Rojdestvoga qadar hukmronlik qiladi. Olimning soʻzlariga koʻra, yangi shtammi bilan kasallanish darajasi koronavirusning barcha oldingi variantlariga qaraganda ancha yuqori boʻladi.
Buyuk Britaniya bosh sanitar shifokori, professor Kris Uitti «Omikron» tez tarqalish choʻqqisiga chiqishini, lekin ayni paytda tez pasayishini aytgandi. Uning taʼkidlashicha, keyingi ikki hafta ichida yuqtirganlar soni juda koʻp boʻladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, ayni paytda «Omikron» bilan zararlanish holati dunyoning 89 davlatida rasman qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring