Olimlar koronavirusni zararsizlantiradigan mato yaratdi

22:41 25 Iyul 2020 Dunyo
1695 0

Braziliya va Ispaniya olimlari bir necha daqiqada koronavirusni zararsizlantiradigan mato ishlab chiqdi, deya xabar beradi Agencia Brasil agentligi.

Braziliyadagi San-Paulu universitetining Biotibbiy fanlar instituti, Ispaniyadagi Jaume I universiteti va Braziliyadagi Funksional materiallarni ishlab chiqarish markazi olimlari koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradigan SarS-CoV-2 virusini bir necha daqiqada zararsizlantiradigan mato ishlab chiqishdi.

Loyihaga Nanox nanotexnologiya kompaniyasi hamkor boʻlgan. Olimlarning fikricha, toʻqima taxminan ikki daqiqada yangi koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantiradi.

Mato kasalxona kiyimlarini tayyorlash uchun ishlatiladi va tez orada sotuvga chiqadi. Mato poliyester va paxta qatlamidan, shuningdek, kumush mikropartikullardan iborat.

Kichik kumush zarralardan foydalanish uzoq vaqtdan beri qoʻllaniladigan usul. U toʻqimachilik, kosmetika va boʻyoq sanoatida ishlatilgan.

Biotibbiyot fanlari instituti ilmiy xodimi Lucio Freytasning maʼlum qilishicha, matoning samaradorligi Braziliyada tekshirilgan. Mato haqiqatan ham, samarali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun olimlar molekulyar tahlilning ikkinchi bosqichini oʻtkazdi.

Mahsulotni sotuvga chiqarishdan oldin olimlar matoni uning virusga qarshi, mikroblarga qarshi xususiyatlarini sinovdan oʻtkazgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер