Olimlar: Koronavirus yot jismlarda 72 soatgacha yashaydi
Foto: www.google.com
Olimlar yangi koronavirusni koʻpchilik jismlarning yuzasida 72 soatgacha yashashini aniqlashdi. Britaniyalik mutaxassislarning bu haqdagi izlanishlari The New England Journal of Medicine jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqotchilar pandemiya keltirib chiqargan SARS-CoV-2 virusi bilan uning oʻtmishdoshi SARS-CoV-1 virusini turli sharoitlarda qanday tarqalishini taqqoslab koʻrishdi.
Aniqlanishicha, har ikkala virus deyarli bir xil xususiyatga ega. Ularning plastik va zanglamas poʻlat jismlar yuzasida yashash qobiliyati yaxshiroq, mis yoki karton ustida esa yomonroq.
Shuningdek, kasallik keltirib chiqaruvchi virus havoda uch soatgacha saqlanib turadi. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, bu uning havo-tomchi yoʻli bilan yuqish xususiyati borligini tasdiqlaydi.
Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, dunyoda 200 mingdan ortiq inson koronavirusni yuqtirib olgan. Ulardan 8 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring