Olimlar global xavfdan ogohlantirdi

12:33 10 Aprel 2026 Ilm-fan
351 0

Illyustrativ foto

Atlantika okeanidagi eng muhim va issiq oqimlaridan biri Golfstrim oqimining izdan chiqishi global iqlim falokatiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Potsdam iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish instituti (PIK) olimlari oʻz tadqiqotida ogohlantirdi.

Tadqiqotga koʻra, mazkur jarayon global isishga qoʻshimcha ravishda 0.2°C qoʻshishi mumkin. Kompyuter modellashtirish natijalariga asosan, ushbu muhim okean oqimining buzilishi okean tubida saqlanib turgan ulkan hajmdagi uglerodning atmosferaga chiqishiga sabab boʻladi.

Taʼkidlanishicha, bu oʻzgarish Janubiy okeandagi kuchaygan aralashish jarayoni bilan bogʻliq. Natijada uglerodga boy chuqur suv qatlamlari yuzaga chiqib, atmosferaga qoʻshimcha uglerod chiqindilarini keltirib chiqaradi.

Shu bilan birga, Yevropa hududida maʼlum darajada sovish kuzatilishi mumkin boʻlsa-da, Shimoliy yarim sharda harorat keskin pasayadi. Ayni paytda, Antarktidada harorat 7 darajagacha sovishi ehtimoli qayd etilgan.

Biroq Janubiy yarim sharning ayrim hududlarida aksincha, harorat sezilarli oshishi mumkin. Xususan, ayrim hisob-kitoblarga koʻra, Antarktidada harorat 6 darajagacha iliqlashishi ehtimoli ham mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?