Olimlar bir qator davlatlarning yoʻq boʻlib ketish xavfidan ogohlantirdi

22:34 10 Noyabr 2021 Dunyo
1355 0

Foto: Getty Images

Tinch okeanidagi bir qator orol davlatlari iqlim oʻzgarishi tufayli yoʻq boʻlib ketishi mumkin

Global iqlim oʻzgarishi Tinch okeanidagi bir qancha orol davlatlarining yoʻq boʻlib ketishiga, shuningdek, yirik tabiiy ofatlarga olib kelishi mumkin. 

Voqealarning bunday rivojlanishini olimlar Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotida bashorat qilishmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Tinch okeani suvlarining harorati global isishning oʻrtacha tezligidan kamida uch baravar tezroq koʻtarilmoqda. Shu bilan birga, issiqlik toʻlqinlari okean ekotizimiga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazadi.

Olimlarning fikricha, Avstraliyadagi oʻrmon yongʻinlari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi suv toshqini kabi tabiat hodisalari har yili takrorlanishini kutish mumkin. 

Jahon meteorologiya tashkiloti, shuningdek, Himoloy va And togʻlari orasidagi muzliklar besh yil ichida yoʻq boʻlib ketishidan ogohlantirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер