Olima deputat maktabda

17:55 12 Noyabr 2020 Jamiyat
1616 0

Navoiy davlat Konchilik instituti professori, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Saodat Bozorova hamda asl kasbi pedagog Karmana tuman kengashi deputati Gulnoz Jalilova Karmana tumanidagi 6 va 13-umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlishib, ushbu taʼlim dargohlaridagi shart-sharoit va pedagoglar jamoasining Respublikamiz Prezidentining “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tashrif doirasida mahalliy Kengashlar deputatlari maktablar faoliyati, mavjud muammolarni oʻrgandilar. Chunonchi, 13-umumtaʼlim maktabida hudud oʻralmaganligi, sinf xonalari yetishmasligi sabab qoʻshimcha binoga ehtiyoj mavjudligi, 6-maktabda esa kompyuter texnikalari maʼnan va texnik eskirganligi(2004-yilda olingan) oʻrtaga tashlandi. Mazkur masalalar boʻyicha deputatlik soʻrovlari chiqarilishi maʼlum qilindi. Shuningdek, ushbu maktablarda bitiruvchilarning 2020-yilda oliy taʼlim muassasalariga kirish darajasi tahlil qilindi. Xususan, 13-umumta]lim maktabida 65 nafar bitiruvchidan 18 nafari, 6-maktabning esa 46 nafar bitiruvchisidan 9 nafari oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinganligi sabablari boʻyicha fikr-mulohaza va tavsiyalar bildirildi. Shu bilan birga 13-maktabning 150 nafar, 6-maktabning esa 379 nafari oʻquvchisi onlayn oʻqitilayotganligi, bunda dars sifati tahlil etildi.

Olima deputat S.Bozorova tomonidan har ikkala maktab kutubxonasiga oʻz muallifligida Toshkent shahrida chop ettirilgan “Umumiy fizika kursidan savol va masalalar toʻplami” oʻquv adabiyoti kitobidan 20 nusxadan sovgʻa qilindi hamda yuqori sinf oʻquvchilari va oʻqituvchilariga fizika fanidan mahorat darsi oʻtib berildi.

Temur ESHBOYEV,
(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер