Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Adliya vazirligi tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan qonun ustuvorligini taʼminlash yoʻlida samarali hissa qoʻshib kelayotgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Rahimjon Hakimovga “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 30 yil” esdalik nishoni topshirildi.
Adliya vaziri oʻrinbosari Aktam Muhammadiyev esdalik nishonini topshirar ekan, mazkur tizimda samarali va fidoyi xizmat qilgani, hamkasblariga oʻrnak boʻlgani va koʻplab shogirdlar yetishtirgani haqida iliq fikrlar bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring