Oliy taʼlimda shaxmat yoʻnalishi ochiladi

14:20 15 Yanvar 2021 Hujjatlar
1365 0

“Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori eʼlon qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filialida shaxmat boʻyicha taʼlim yoʻnalishi ochiladi;

boshqa OTMlarida shaxmat yoʻnalishiga zarur ehtiyojdan kelib chiqib, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining tavsiyasiga asosan alohida qabul kvotalari belgilanadi;

pedagog xodimlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion oʻquv metodik qoʻllanma” tanlovi tashkil etiladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali tashkil etilgan. Filial faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер