Oliy sud: Yigirma yillik nizo nihoyat hal etildi

12:14 12 Mart 2018 Jamiyat
2351 0

Fuqarolar o’rtasida kelib chiqqan uy-joy bilan bog’liq nizoga naq 20 yil davomida echim topilmasa-ya?! Bu haqda eshitgan odam borki, hayron qolishi, yoqasini ushlashi tabiiy.
Keling, avvalo, o’sha nizo qanday kelib chiqqanini bildirsak. Gap shundaki, Beshariq tumani, Rapqon qishlog’ida yashagan Hukumatoy o’anieva 1998 yil 17 sentyabrda o’zi yashab turgan uyni Sh. Qodirovga sotadi. Ammo u erning 10 sotixi o’g’li Odiljon o’anievga o’tkazilganda, uyni sotishga roziligini bayon qilib, tilxat yozib bergan. Lekin bu tilxat sud jarayonida e’tibordan chetda qolib keladi.
Oradan 2 yil o’tib-o’tmay, onaxon vafot etadi. Voqealar rivojiga ko’ra, 2013 yil martida Sh. Qodirov nomiga kadastr hujjati tayyorlanib, davlat ro’yxatidan o’tkaziladi va nizoli uy-joy uning mulkiga aylanadi. Odiljon o’aniev esa shu erda uy hamda boshqa qo’shimcha imoratlar qurib yashashda davom etadi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha O’zbekiston tumanlararo sudining 2017 yil 24 maydagi hal qiluv qarori bilan Sh. Qodirov da’vosi qanoatlantirilib, o’anievlar tomonidan o’zboshimchalik bilan qurilgan xonalarni buzdirish va ularning bu uy-joydan foydalanish huquqi tugatilib, majburiy tartibda ko’chirish belgilanadi. Fuqarolik ishlari bo’yicha Namangan viloyati sudi apellyatsiya instantsiyasining 2017 yil 26 sentyabrdagi ajrimi bilan sudning mazkur hal qiluv qarori o’zgarishsiz qoldiriladi.
Nizo esa tobora chigallashib boraveradi. Ya’ni taraflar o’zaro murosa yo’lini tanlamaydi. Bulardan bezgan O. o’aniev Oliy sudga murojaat etib, 4 nafar farzandi hamda kelini bilan uysiz qolayotganini bildiradi. Ayni chog’da onasining tilxati va 7 nafar tug’ishganlarining uyda ulushi borligini bayon qiladi. Shunga muvofiq, ushbu ish Oliy sudda o’rganilib, sud qarorlarining o’anievlarni uydan ko’chirish hamda qurilgan imoratlarni buzdirish haqidagi qismini bekor qilish va shu qismini yangidan ko’rish haqida Oliy sud raisi o’rinbosari tomonidan protest keltirildi.
— Nizoni adolatli hamda qonuniy hal etish maqsadida joriy yilning 23 fevralida Rapqon qishlog’iga bordik, — deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o’rinbosari Xolmo’min Yodgorov. — Tuman prokurori, er resurslari va kadastr xizmati vakillari ishtirokida taraflar bilan suhbatlashdik. Uyni ko’zdan kechirib, taraflar hamda ularning oila a’zolariga huquqini tushuntirish barobarida, mazkur masalani kelishuv yo’li bilan hal qilishni taklif etdik. Natijada da’vogar Odiljon o’anievning ishonchli vakili Gulchehraxon o’anieva va Sharofiddin Qodirov o’rtasida kelishuv bitimi tuzilib, tasdiqlash uchun taqdim qilindi. Unga binoan, hovli ikki qismga bo’linib, er maydonining 10,23 sotix qismi hamda uy-joylar O. o’aniev oilasiga berildi, shuningdek, 12 sotixli er maydoni va undagi uy-joy Sharofiddin Qodirov oilasi egaligiga o’tishi belgilandi. Shunday qilib, uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan mojaro barham topdi, ikki oila vakillari esa engil tin oldi. Bu bilan demoqchimizki, agar masala yotig’i bilan tushuntirilsa, odamlar tushunadi. Zero, biz er talashishdan or qiladigan elning farzandlarimiz.
Umuman, sudyalar va davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillari hamkorligida 2017 yil va joriy yilning o’tgan davrida 5 mingdan ziyod fuqarolik nizolari taraflarni yarashtirish orqali ijobiy echib topdi.
Zokir XUDOYShUKUROV,
«Xalq so’zi» muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер