Oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlar oʻquvchilari qishki taʼtilining boshlanish sanasi maʼlum boʻldi
Oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollej oʻquvchilari 28-dekabrdan taʼtilga chiqadi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
Oliy oʻquv yurtlari talabalari, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha belgilandi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 11-yanvari oʻqishning birinchi kuni hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring