Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat mukofotlari tantanali topshirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov yigʻilganlarni Mustaqillik bayrami va mukofotlar bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.
Taʻkidlanganidek, xalqimiz shu kunlarda Vatanimiz hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik bayramini “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlamoqda.
Ushbu gʻoya zamirida chuqur maʻno bor. Zero, keyingi yetti yilda Oʻzbekiston demokratik yangilanishlar, jadal iqtisodiy rivojlanish, keng koʻlamli islohotlar mamlakatiga aylandi. Bugun har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi xalqimiz Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirish hamda aholining turmush farovonligini oshirish, tibbiy xizmatlar va taʻlim sifatini jahon standartlariga moslashtirish borasida tizimli ishlar olib borilayotganligi qayd etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan bir guruh davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlariga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring