Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqilyapti

16:11 14 Iyun 2023 Siyosat
571 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2022-yildagi hamda 2023-yilning birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqilyapti.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Qudbiyev axborot bermoqda.

Hukumat tomonidan Davlat byudjetining 2022-yildagi ijrosi “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun doirasida amalga oshirildi.

Vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari belgilandi. Davlat byudjeti ijrosi Vazirlar Mahkamasining Rayosati yigʻilishlarida doimiy ravishda koʻrib borildi.

Shu bilan birga, uning ijrosi ustidan Qonunchilik palatasi tomonidan samarali parlament nazorati oʻrnatildi. Bu kabi omillar Davlat byudjetining oʻz vaqtida ijro etilishini, uning mablagʻlari samarali va maqsadli sarflanishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Majlisda taʼkidlandiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar oʻz natijasini bermoqda. Tadbirkorlar uchun qulay muhit va keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, ayrim turdagi soliq stavkalari pasaytirilganligi, samarasiz soliq imtiyozlari bekor qilinganligi, tadbirkorlarga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi, tekshiruvlar kamaytirilganligi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda, tadbirkorlarning faoliyati kengayib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер