Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2023-yil 15-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Kengash aʼzolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyati va parlament nazorat-tahlil tadbirlariga oid bir qator muhim masalalar koʻrib chiqildi.
Xususan, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar muhokama qilinib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.
Shuningdek, Kengash yigʻilishida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduhakimovning “Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur masalaning ahamiyati va dolzarbligidan kelib chiqib, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasiga masalaga jiddiy yondashgan holda, deputatlar, tegishli vazirlik, idoralar vakillari, olimlar bilan hamkorlikda batafsil va chuqur oʻrganish, shundan soʻng Kengash kun tartibiga qayta kiritish vazifasi yuklatildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masala Kengash kun tartibidan chiqarildi.
Yigʻilishda kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring