Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

21:53 06 Noyabr 2023 Siyosat
166 0

2023-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Kengash aʼzolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar koʻrib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

Yigʻilishda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi E. Salixov “Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish yakunlari haqida axborot berdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2023-yilning oʻn oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham eshitildi.

Yigʻilishda kun tartibidagi boshqa masalalar atoflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер