Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda

13:16 23 Yanvar 2024 Siyosat
451 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Majlisda “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasi bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda vazirlik va uning organlari nomi, vazifa va funksiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shu bilan birga, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qayta koʻrib chiqilmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi shu yilning 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasining yalpi majlisida koʻrib chiqilib, deputatlar tomonidan berilgan fikr-mulohazalar asosida takomillashtirish uchun masʼul qoʻmitaga qaytarilgan edi.

Oʻtgan davrda qoʻmita tomonidan berilgan takliflar ishchi guruh aʼzolari ishtirokida chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati loyihani takomiliga yetkazishda eʼtiborga olindi va qonun loyihasi maromiga yetkazildi.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi, qonun hujjatlari oʻrtasidagi tafovutlarni bartaraf etish, davlat organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер