Olakuzan qoʻylarning dumbasini yeyishi rostmi?

14:23 09 Iyun 2020 Jamiyat
3245 0

Davlat ekologiya qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda qoʻylarning dumbasini yeb ketayotgan yovvoyi hayvonni ushlashibdi” sarlavhasi ostida joylashtirilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi jonivor olakuzan (perevyazka) boʻlib, xalqaro hamda “Oʻzbekiston qizil kitobi”ga kiritilgan kamayib borayotgan tur hisoblanadi.

Qizilqum choʻli, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzachoʻl va Qarshi choʻli, Gʻarbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy togʻ tizmalarining togʻ yonbagʻirlarida, Surxondaryoning quyi qismi, Ohangaron daryosining yuqori qismida uchraydi.

Mazkur jonivor kemiruvchilar bilan oziqlanib, tabiatda sanitar vazifani bajaradi. Shu bois, olakuzanning qoʻy dumbasi bilan oziqlanishi toʻgʻrisidagi xabar asossiz.

Ushbu jonivor Buxoro viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan tabiatga qoʻyib yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер