OKMK oʻrtoqlik oʻyinida 8 ta gol urdi

10:37 30 Mart 2026 Sport
293 0

Kecha, 29-mart kuni Oʻzbekiston Superligasi vakili OKMK klubi Pro-liganing yangi aʼzosi “Gʻazalkent” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Bu haqda OKMK klubining matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, OKMK FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda Toshkentda “Gʻazalkent” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini oʻtkazgan.

Gollarga boy kechgan uchrashuv har ikki tomonning oʻzaro kelishuviga binoan, 35 daqiqadan 4 ta taym davom etdi. “Konchilar” ushbu bahsda toʻliq ustunlik qilib, raqibini 8:1 hisobida magʻlub qilgan.

Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan: Aziz Xolmurodov (2 ta), Faridjon Abdullayev, Nodirbek Abdurazzoqov, Ali Abdurahmonov, Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov va Arixiro Sentoku mualliflik qilgan. “Gʻazalkent”ning yagona javob goli esa Abdurahmon Abdullayev hisobiga yozilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер