Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 560 ming nafardan ortiq kishi koronavirusga chalindi

16:01 11 Avgust 2021 Dunyo
851 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 203 million 295 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 303 mingdan ziyod kishi vafot etgan (10.08.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:22 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 560 850 yangi holati aniqlandi.

8 426 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (11.08.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni

204 million 027 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 314 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 35,657 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,998 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (20,165 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (6,491 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Fransiya (6,161 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 156 401, Hindistonda 28 204, Braziliyada 13 893, Rossiyada 21 378, Fransiyada esa 945 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 4 milliard 482 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер