Oxirgi sutkada dunyo boʻyicha 281 ming kishida koronavirus aniqlandi

12:23 23 Iyun 2021 Dunyo
907 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 178 million 503 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 872 mingdan ziyod kishi vafot etgan (22.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 17:44 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 281 610 yangi holati aniqlandi.

6 349 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (23.06.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 11:21 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 179 million 164 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 882 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,190 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (29,977 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (17,927 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,650 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Turkiya (5,375 milliondan ortiq).

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 2 milliard 687 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер