“Oyijon” filmining bosh rol ijrochisi Farangiz Rejametova YTH oqibatida vafot etdi
Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shoira Raufboyeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Shoira Raufboyevaning ma’lumotlariga qaraganda yosh aktrisani mаshina urib ketishi natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Farangiz Rejametova 21-iyul kuni soat 13:00 da so‘nggi yo‘lga kuzatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring