Oʻyindagi cheklar soni besh mingdan ortdi!

22:22 16 Iyul 2020 Iqtisodiyot
2601 0

Tez kunlarda, aniqrogʻi 2020-yil 22-iyulda Toshkent shahri isteʼmolchilari oʻrtasida onlayn nazorat-kassa mashinalari (onlayn NKM) va virtual kassa cheklari yutuqli oʻyinlarining birinchi tiraji oʻtkaziladi.

Ayni paytda yutuqli chek oʻyinlarining birinchi tiraji qatnashchilari soni tobora ortib bormoqda. Yaʼni roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar soni 5 mingdan ortdi.

Eslatib oʻtamiz, sovrinli oʻyinlarda ishtirok etish uchun onlayn NKM yoki virtual kassa bilan jihozlangan shoxobchadan sotib olingan mahsulot (xizmat) uchun QR kodli chek olish lozim. Keyingi qadam – “SOLIQ” mobil ilovasi yordamida chekning QR kodini skaner qilish yoki 12 xonali fiskal belgisini 1077 qisqa raqamiga SMS tarzida yuborish zarur. Chek muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtkazilgach, Siz yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanasiz.

Muhim! Qimmatbaho sovrinlar oʻyinida chekning aslini butun holatda saqlab qolgan haqiqiy egasi ishtirok etadi. Yaroqsiz holdagi chek yoki uning nusxasi haqiqiy hisoblanmaydi. Bunday cheklar mukofot berish uchun asos boʻlmaydi.

Nima yutish mumkin?

DSQ bir oyda ikki marta 20 tadan gʻolibni aniqlaydi. Har bir tirajda quyidagi yutuqlar oʻynaladi:

  • 1 ta avtomobil Chevrolet Nexia 3;
  • 3 ta televizor Artel;
  • 3 ta kir yuvish mashinasi;
  • 3 ta sovutgich (xolodilnik);
  • 3 ta gaz plita;
  • 3 ta dazmol;
  • 4 ta velosiped.

Bunda yutuq sohiblari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod boʻladi. Masalan, agar mashinaning narxi taxminan 80 million soʻm boʻlsa, unda gʻolib deyarli 10 million soʻm daromad soligʻini toʻlashi kerak. Shuni inobatga olib, sovgʻalar bilan bir qatorda, ushlab qolinadigan va byudjetga oʻtkaziladigan daromad soligʻi miqdorida pul mukofoti ham taqdim etiladi.

Hurmatli isteʼmolchilar, Onlayn NKM yoki virtual kassa mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot aks ettirilgan maxsus stiker yopishtirilgan savdo nuqtasidan xaridni amalga oshirganingizda cheklarni talab qiling, roʻyxatdan oʻtkazing, saqlab qoʻying va yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylaning!

Omadli chek sohibi boʻling!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер