Oydinoyning osmonga boʻlgan mehri

16:19 03 Aprel 2026 Jamiyat
396 0

Kranchilik odatda ayollarga xos boʻlmagan kasb, bu erkaklar ishi deyishadi. Bunga jismoniy va texnik salohiyatning oʻzi kamlik qiladi, ruhiy barqarorlik, diqqat va masʼuliyat ham kerak. Erkaklar orasida ham koʻzi oʻtkir, yuragi baquvvat va balandlikdan qoʻrqmaydiganlar bu kasbni tanlaydi.

Andijonlik Oydinoy Abdulazizova uchun kranchilik kasbi hayotining mazmuniga aylangan. “Doyen Group” MCHJda u har kuni qariyb 60 metr balandlikka koʻtariladi, kranni boshqaradi va har bir yukni aniq joyiga yetkazadi. Balandlikdagi har bir harakat, masʼuliyat — uning ruhiy va jismoniy barqarorligini sinovdan oʻtkazadi.

— Bu kasbni tanlashimda ota-onam avval qarshilik koʻrsatishdi, — deydi Oydinoy. — Lekin men ularning fikrini hurmat qilgan holda, boʻsh vaqtimda chevarchilik va zardoʻzlik bilan shugʻullanaman. 7 yoshli qizim bor, ungayam roʻzgʻor ishlarini oʻrgataman.

Oydinoyning ustozlari ham yaqin oila aʼzolari: singlisi Shoxista va Azizaxon ham kranchi. Xolasi Qanoatxon Qoʻchqorova esa uzoq yillar qurilish sohasida mehnat qilib, koʻplab binolar barpo etishga hissa qoʻshgan. Ularning barchasi oʻz kasbining haqiqiy ustasiga aylangan. Oydinoyning balandlikdagi har kuni mehnat va tajriba zavqi bilan oʻtadi. Andijonda asrlar osha xizmat qiladigan inshootlar barpo etishni orzu qiladi. Ayol kishi nafaqat oilada, balki jamiyatda ham eng ogʻir va masʼuliyatli kasblarda munosib mehnat qilishi mumkin. Uning faoliyati yoshlar, ayniqsa qizlar uchun ibrat va ilhom manbaidir.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер