OIVga chalingan bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi

11:55 13 Dekabr 2022 Jamiyat
958 0

Foto: Arxiv surat

Prezidentimiz boshchiligida ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda:

OIV infeksiyasi boʻyicha tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi.

Bunday bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi.

Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga masʼullar biriktirildi.

Tibbiyotning birlamchi boʻgʻini xodimlarini OIV infeksiyasi boʻyicha malakasini oshirish, aholi oʻrtasida kasallik va uning oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yoʻnalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер