Oilaviy shifokorlik punkti zamonaviy sharoit kasb etdi

13:51 04 Oktyabr 2024 Jamiyat
200 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Vobkent tumanidagi “Choʻrikalon” oilaviy shifokorlik punkti jamoasi barcha qulayliklarga ega binoga ega boʻldi. Buning uchun 1 milliard 660 million soʻm miqdoridagi mablagʻ sarflandi.

Qishloqning kichik shifoxonasi 12 ta xonadan iborat. Fizioterapiya, emlash, ginekologiya, muolaja, laboratoriya xonalari, kunduzgi statsionar mavjud. Ular zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Tibbiyot xodimlari uchun qulay ish sharoitlari yaratilgan. Bularning barchasi 7400 nafardan ziyod aholiga xizmat koʻrsatuvchi shifokorlik punkti jamoasi zimmasidagi masʼuliyatni ham oshiradi, albatta. Biz bu oʻrinda hududda birlamchi tibbiy xizmat sifatini zamon talablari darajasida yoʻlga qoʻyish orqali aholi salomatligini ishonchli muhofaza etishni nazarda tutayapmiz. Yangi binoni foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda soʻz olganlar ana shuni alohida taʼkidladi.

Mazkur ijtimoiy loyiha davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy – sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida hayotga tatbiq etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер