Oʻgʻirlangan uzuklar egasiga qaytarildi
2023-yil 29-iyul kuni Chortoq tumanida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs yashash hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasining deraza tokchasida turgan umumiy narxi 1.550.000 soʻmlik 2 dona tilla uzuklarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan. Tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring