Og‘ir atletika: sportchilarimiz Perudagi jahon chempionatida dastlabki oltin medallarni rasmiylashtirishdi
Peruda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki oltin medallariga ega chiqdi.
O‘smirlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboyeva (+81 kg.) hamda Alisher Osmanov (-102 kg.) 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Esonboyeva siltab ko‘tarish va ikki kurash, Osmanov esa dast ko‘tarish mashqida tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi.
Oltin medal:
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, ikki kurash)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, dast ko‘tarish)
Kumush medal:
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, ikki kurash).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring